Mazkur "foydalanuvchi kelishuvi" (keyingi o'rinlarda - Kelishuv) Urganch davlat universiteti va
tizimda (keyingi o'rinlarda - Tizim) ro'yhatdan o'tgandan keyin tizimning foydalanuvchisi bo'lib
qoluvchi abiturient yoki har qanday shaxs, keyingi o'rinlarda "Foydalanuvchi" deb nomlanuvchi
o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni belgilab beradi.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364-365-moddalariga muvofiq, mazkur Foydalanuvchi
kelishuvi oferta deb tan olinadi. Elektron tizim universitet mulki hisoblanadi va universitet
rektori tomonidan belgilab beriladigan siyosatga muvofiq boshqariladi. Tizimda ro'yhatdan o'tgan
Foydalanuvchi ushbu Kelishuvni o'qiganligini, majburiyatlarini, shartlarni tushunganligini
tasdiqlaydi. Mazkur ofertani tasdiqlash (rozilik berish) yo'li bilan tuziluvchi mazkur Kelishuv,
ikki tomonlama imzolashni talab etmaydi va elektron ko'rinishda haqiqiydir. Foydalanuvchi
kelishuvi Tizimda ro'yhatdan o'tish yo'li bilan uning shartlari bilan Foydalanuvchining roziligi
bayon etilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Shuningdek, Tizimdan foydalanish uchun ro'yhatdan o'tish jarayonida foydalanuvchi o'zining shahsiy
ma'lumotlarini to'g'ri kiritilishiga mas'ul hisoblanadi. Boshqa foydalanuvchilarning shahsiy
kabinetiga kirishga noqonuniy urinish va sohta ma'lumotlarni kiritish, ular nomidan so'rovlar
berish qat'iyan ta'qiqlanadi.